Sportchilarimiz Xitoydagi taekvondo bo‘yicha Prezident kubogida muvaffaqiyat qozondi

Xitoyning Tayan shahrida Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) tomonidan Osiyo mintaqasi uchun tashkil etilgan Prezident kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari yana 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Oltin medal sohiblari:
-54 kg vaznda Jahongir Xudoyberdiyev
-67 kg vaznda Ozoda Sobirjonova
Bronza medal sohibi:
+73 kg vaznda Svetlana Osipova
Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasi musobaqani jami 8 ta medal bilan yakunladi: 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing