Elektron to‘lovlar sohasida katta o‘zgarishlar kutilmoqda: muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o'qish311
Elektron to‘lovlar sohasida katta o‘zgarishlar kutilmoqda: muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Strategik islohotlar agentligida elektron to‘lovlar ulushini ko‘paytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tayyorlash doirasida moliyaviy sektor vakillari bilan navbatdagi muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu uchrashuvda mamlakatdagi yirik to‘lov tashkilotlari — Click asoschisi va bosh direktori Ulug‘bek Rustamov, OSON yuridik direktori Dilshod Keldiyarov va Paynet bosh direktori Anvar Isamuhamedov qatnashdi.

Muzokara davomida elektron to‘lov tizimlarining boshqa turdagi hisob-kitoblarga nisbatan ustunligini ta’minlovchi omillar, shuningdek, elektron to‘lovlar qabul qilinishi shart bo‘lgan sohalar ro‘yxatini kengaytirish muhimligi muhokama qilindi.

To‘lov tashkilotlari rahbarlari avtoturargohlar va bozorlarda patent to‘lovlarini yig‘ish kabi sohalarda hali ham naqd pul ustunligini ta’kidladi. Ushbu yo‘nalishlarni ham elektron to‘lovlar qabul qilinadigan majburiy sohalar ro‘yxatiga qo‘shish taklifi bildirildi.

Shuningdek, temiryo‘l chiptalari, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar va marketpleys orqali xaridlarni to‘liq naqdsiz tizimga o‘tkazish masalasi ko‘tarildi.

Ma’lum qilinishicha, Strategik islohotlar agentligi tomonidan elektron to‘lovlar sonini oshirish, qulay va zamonaviy to‘lov infratuzilmasini yaratish maqsadida prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Bu maqsadda agentlik biznes, IT-mutaxassislar va ekspertlar bilan muntazam ravishda fikr almashmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?