
Markaziy bank 23 aprel kuni xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, AQSH valyutasi yana bir bor qiymatini yo‘qotib, bu safar 30,68 so‘mga arzonlashib, 12 878,96 so‘mni tashkil etdi.
Yevro ham o‘z navbatida 106,26 so‘mga pasayib, bugungi kunda 14 801,79 so‘mga baholanmoqda. Rossiya rubli esa 1,36 so‘mga arzonlab, endi 158,39 so‘mga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin dollar kursi 28,56 so‘mga tushib, 12 909,64 so‘mni tashkil etgan edi. Dollarning O‘zbekistondagi qiymati oxirgi marta 25 fevral kuni 12 900 so‘mdan ham arzon bo‘lgan edi.
Mamlakatda valyuta kursiga doir bahslar hanuz davom etmoqda. Bir qator iqtisodchilar dollarning kursi hukumat tomonidan sun’iy ravishda ushlab turilayotganini ta’kidlamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, agar milliy valyuta erkin qo‘yib yuborilsa, bir dollarning qiymati 20 ming so‘mgacha chiqib ketishi mumkin.
Biroq Markaziy bank bu taxminlarni qat’iy rad qilib kelmoqda. Ular fikricha, valyuta bozoridagi o‘zgarishlar tabiiy va nazorat ostida bo‘lib, sun’iy aralashuvlar haqidagi iddaolar noto‘g‘ri.
2025 yil oxiriga qadar dollar kursi qanday o‘zgaradi? Mamlakatda yaqin kelajakda yana qanday iqtisodiy tebranishlar kuzatilishi mumkin? Bu savollar bugungi kunda nafaqat iqtisodchilar, balki aholi uchun ham muhim ahamiyat kasb etayotgan mavzulardan biriga aylandi. Valyuta kursining keyingi o‘zgarishlari qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar