
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025 yil 25 apreldan boshlab xorijiy valyutalarning yangi rasmiy kurslarini belgiladi. Unga ko‘ra, bir qator asosiy valyutalar kurslarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi.
E’tiborga molik jihati, AQSH dollari kursi yana o‘sishni boshladi. Bu gal dollar 36,74 so‘mga qimmatlashib, 12 927,17 so‘m etib belgilandi. Shu tariqa, so‘nggi kunlarda kuzatilayotgan dollarning o‘sish tendensiyasi davom etmoqda.
Yevro, aksincha, bugun pasayish qayd etdi va 3,29 so‘mga arzonlashdi. Bir yevroning rasmiy narxi endi 14 717,58 so‘mni tashkil qiladi.
Funt-sterling ham o‘z qadrini oshirib, birdaniga 24,39 so‘mga ko‘tarildi va 17 198,31 so‘mni tashkil etdi.
Rossiya rubli esa ozgina pasayish bilan qayd etildi. Rubl kursi 0,31 so‘mga arzonlashib, 155,73 so‘m bo‘ldi.
Qo‘shni davlat valyutasi — qozog‘iston tengesi biroz ko‘tarilish bilan 25,01 so‘mni (+0,15 so‘m) tashkil qildi.
Xitoy yuani va Yaponiya iyenasida ham turlicha harakatlar kuzatildi. Yuan 4,28 so‘mga qimmatlashib, 1772,76 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, Yaponiya iyenasi kichik arzonlashuv bilan 90,75 so‘m bo‘ldi (-0,10 so‘m).

Markaziy bank tomonidan belgilangan ushbu kurslar mamlakatdagi banklar va moliyaviy tashkilotlarda rasmiy hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo‘llaniladi. Valyutalar kursidagi o‘zgarishlar ichki bozor va tashqi savdo aloqalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.
Mazkur kurslarning navbatdagi o‘zgarishi kelgusi hafta boshida kutilmoqda. Valyutalar bozoridagi yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun biz bilan birga qoling! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar