
Eron Islom Respublikasi Afg‘oniston bilan chegarasi bo‘ylab ulkan beton devor qurilishini boshladi. Bu loyihadan asosiy maqsad mamlakatga kirib kelayotgan noqonuniy migrantlarning oqimini cheklashdir.
Fars axborot agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, devor uzunligi yuzlab kilometrni tashkil etadi va qurilish ishlarining katta qismi allaqachon yakuniga yetkazilgan. Ushbu qurilishda zamonaviy va ilg‘or monitoring texnologiyalari ham qo‘llanilishi ko‘zda tutilmoqda.

Chegaradagi ushbu devor mustahkam beton plitalardan tashkil topgan bo‘lib, ular maxsus kranlar yordamida o‘rnatiladi. Suratlarda ham ko‘rish mumkinki, qurilish jadal olib borilmoqda, tayyorlangan beton plitalarning soni juda ko‘p va devor uzoq masofalarga cho‘zilgan.
Eron hukumati bu orqali nafaqat noqonuniy migrantlarning, balki turli noqonuniy savdo va kontrabanda harakatlarining ham oldini olishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda Afg‘onistondagi notinch vaziyat sababli Eronga ko‘plab afg‘on fuqarolari kirib kelishni boshladi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat uchun ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shunday ekan, Eron chegarani mustahkamlash va noqonuniy migratsiyani kamaytirish uchun jiddiy chora-tadbirlar ko‘ra boshladi.
Ushbu katta qurilish loyihasi yaqin vaqtlarda to‘liq foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Devorni qurib bitkazish orqali Eron o‘zining milliy xavfsizligini yanada mustahkamlashni ko‘zlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar