Buyuk Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi Saymon Kolliz islom dinini qabul qilgan va haj amalini bajargan ilk yuqori martabali britan diplomati bo‘ldi, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.
Kollizning aytishicha, u musulmonlar orasida 30 yil yashaganidan so‘ng islom dinini qabul qilgan. Qirol Saud universiteti xodimi Foziya Albakr o‘zining Twitterdagi sahifasida britaniyalik elchining turmush o‘rtog‘i bilan birga haj amalini ado etayotgani suratini joylashtirdi.
«Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi islom dinini qabul qilganidan so‘ng haj amalini bajarmoqda: Saymon Kolliz rafiqasi Xuda bilan Makkada», — deyiladi suratga yozilgan izohda.
Kollizning aytishicha, u ushbu dinni «Xudaga uylanishidan oldin qabul qilgan».
Kolliz deyarli 30 yildan buyon Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharq mamlakatlaridagi dipmissiyasi xodimi hisoblanadi. U ilgari Buyuk Britaniyaning Suriya, Iroq va Qatardagi elchisi bo‘lgan, BAA, Yaman va Tunisda yuqori diplomatik lavozimlarda ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?