O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev joriy yilning 5 yanvar kuni sog‘liqn saqlash sohasi mutaxassislari bilan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromovga chet elda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik shifokorlarni O‘zbekistonga qaytarish, ularni ish va etarli shart-sharoit bilan ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab bergan edi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
8 fevral kuni O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Press klub”da O‘zbekiston Respublikasi Sog‘lqini saqlash vaziri-Bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov ham ishtirok etib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan vazifalar qanday amalga oshirilayotgani haqida hisobot berdi.
“Chet ellarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot hodimlarining ro‘yxatini tuzdik va ular bilan suhbatlashayapmiz. Avvalambor, xorijda faoliyat olib borayotganlar bizning talabimizga to‘g‘ri kelishi lozim, ya’ni o‘zbekistonda ishlashga o‘zida qiziqish bo‘lishi kerak.
Qolaversa, halqaro miqyosda tajribali vrachlardan yiliga 250 tadan 500 tagacha operasiyalar o‘tkazilishi talab qilinsa, bizda ham xuddi shunday. Bundan tashqari, motivasiya masalasi ham bor.
Birinchidan, vrachlar va umuman tibbiyot xodimlariga yaxshi sharoit yaratish kerak. Viloyatlarda faoliyat olib borishlari uchun vrachlarga shu yilning o‘zida 340 ta turar-joy qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Ikkinchidan, moddiy jihatdan motivasiya, ya’ni oylik maoshni oshirish yo‘li bilan chet ellarda faoliyat olib borayotgan xodimlarimizni jalb etish kerak”.
Vazir so‘zida davom etar ekan, “Shu yilning o‘zida chet ellarda faoliyat olib borayotgan vrachlarning 15 nafari o‘zbekistonda ish boshlaydi”, deb qo‘shimcha qildi. Adham Ikromov jurnalistlarga yuzlanib, OAV vakillari taklifiga ko‘ra, O‘zbekistonga qaytarilgan shifokorlar bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkinligini ham ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi