10:44 / 20.02.2017
9 069

Dubay polisiyasi rus go‘zalidan hayotini xavfga qo‘ymaslik haqida tilxat oldi

Dubay polisiyasi rus go‘zalidan hayotini xavfga qo‘ymaslik haqida tilxat oldi

Dubay polisiyasi rossiyalik model Viktoriya Odinsovadan hayotini xavfga qo‘ymaslik haqida tilhat oldi, deb xabar bermoqda Vodiymedia.uz.

Bunga sohibjamol tomonidan Instagram sahifasiga qo‘yilgan Kayan Minorasi osmono‘paridagi ekstremal fotosessiya videoroligi sabab bo‘ldi. Videoda 23 yoshli modelning hech qanday ehtiyot choralarini qo‘llamasdan, o‘z hayotini xavfga qo‘ygan holda osilib turgani aks etgan bo‘lib, bu vaziyatda pastga tushib ketib xalok bo‘lishi ehtimoli o‘ta yuqoriligiga guvoh bo‘lish mumkin.

"Rus ayolining bu harakati hayotiga xavf soladi. Shundan so‘ng biz uni mahkamaga chaqirib, qaytib bunday ishga qo‘l urmaslik haqida tilxat oldik", - dedi polisiya general-mayori Halil Ibrohim al Mansuri.

Ta’kidlash joizki, Odinsovaning Instagramdagi videosini 500 mingdan oshiq kishi ko‘rdi. Ko‘pchilik uning bu harakatini qoraladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dubay polisiyasi rus go‘zalidan hayotini xavfga qo‘ymaslik haqida tilxat oldi