date

Tasnim: Netanyaxu haqidagi video sun’iy intellekt mahsuli (video)

Tasnim: Netanyaxu haqidagi video sun’iy intellekt mahsuli (video)

Netanyaxuning o‘limini rad etuvchi video sun’iy intellekt yordamida yaratilgan - Tasnim xabar berdi.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘zining o‘limi haqidagi mish-mishlar fonida yangi video e’lon qilgandi. U videoda mamlakatdagi kafelardan birida qahva buyurtma qilayotgani va turli savollarga javob berayotgani ko‘rinadi. Biroq internet foydalanuvchilari videoda sun’iy intellektdan foydalanilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ularning fikricha, videoda bir nechta shubhali belgilar mavjud. Masalan, kadrda ko‘rinadigan qahva idishi to‘la bo‘lsa-da, u ag‘darilganda yoki harakatlanganda ichidagi suyuqlik to‘kilmaydi. Shuningdek, Netanyaxu qahva ichayotgandek ko‘rinsa ham, finjondagi qahva miqdori kamaymaydi. Bundan tashqari, ayrim foydalanuvchilar videoda Bosh vazirning yuz ko‘rinishi uning haqiqiy suratlaridan farq qilishini qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tasnim: Netanyaxu haqidagi video sun’iy intellekt mahsuli (video)