16:43 / 26.02.2017
5 670

«Oskar»ga nomzod suriyalik Xolid AQShga kiritilmaydi

«Oskar»ga nomzod suriyalik Xolid AQShga kiritilmaydi

Suriyalik operator, «Oskar» mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilgan «Oq dubulg‘alar» (White Helmets) qisqa metrajli hujjatli filmning katta qismini suratga olgan Xolid Xatib AQShga bora olmaydigan bo‘ldi, deb yozadi Sof.uz sayti.

Gap shundaki, AQSh prezidenti Donald Tramp joriy qilgan, ettita mamlakat fuqarolarini AQSh hududiga kirishini vaqtincha taqiqlash akti doirasiga Xolid ham mansub. U suriyalik bo‘lgani uchun, ertaga, 26 fevral kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan “Oskar” kino mukofotining taqdirlash marosimida ishtirok eta olmaydi.

CNN’ning ma’lum qilishicha, 21 yoshli bu operatorga Amerika vizasi berilgan, bu vizaning muddati tugamagan, ammo uni Istanbuldan Los-Anjelesga uchadigan samolyotga qo‘yishmagan.

AQSh ichki xavfsizlik vazirligi so‘nggi lahzada ushbu kinematografistning kirishini taqiqlashga qaror qilgan. Vazirlikning ichki hujjatlarida aytilishicha, taqiqqa Xatibga nisbatan topilgan «salbiy axborot» sabab bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, bunday ta’rif uning terrorchilar bilan aloqalari yoki viza rejimi bilan bog‘liq muammolarini anglatishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Oskar»ga nomzod suriyalik Xolid AQShga kiritilmaydi