Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbaev Toshkent bilan iqtisodiy hamkorlik kengayib borayotganligini qayd etdi, deb yozadi Sof.uz sayti.
"Biz muzokaralarimizni kechayoq boshlab yuborganmiz, chegaralarni ochish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgani, o‘zaro savdo keskin oshgani haqida gaplashdik. Yangi mahsulot turlari paydo bo‘lmoqda. Bugun ulkan biznes-forum bo‘lib o‘tadi, har ikki tomondan 500 biznesmen qatnashadi. Menga aytishlaricha, deyarli bir milliard dollarlik 75 shartnoma imzolanadi, bu tariximizda ilk marta bo‘ladi", — dedi Nazarboyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi chog‘ida.
Uning aytishicha, keyingi besh oyda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 30 foizga oshgan.
"Biz Sizni judayam kutgandik, o‘zbek xalqi Sizni saylanganligi bilan qutlaymiz. Qozog‘iston xalqi farovonlik, to‘kin-sochinlik tilaydi. Kelajakda ham iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalarda O‘zbekiston va Sizga jiddiy suyanamiz. Tashrifingiz muvaffaqiyatli o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi", — dedi Qozog‘iston etakchisi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi