Xabaringiz bor, Toshkent shahri chorrahalarida maxsus videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, ular joriy yilning 15 martidan ishlay boshlagan edi.
2017 yilning 15 martidan 14 apreligacha bo‘lgan muddatda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi avtokorxonalar haydovchilari tomonidan jami 191 ta qoidabuzarlik sodir etilgan. Eng muhimi, jami qoidabuzarliklar bitta punkt bo‘yicha, ya’ni taqiqlangan qizil chiroq belgisiga rioya qilmaslik bo‘lib chiqdi. Tezlikni oshirish yuzasidan esa bitta ham jarima yo‘q. Hozircha kameralar, asosan, chorrahalarda joylashtirilgani uchun ham tezlikni oshirgan haydovchilar jarimadan qutulib qolyapti, deyiladi Qalampir.uz sayti bergan xabarda.
Kameralar ishga tushganining ikkinchi haftasidan boshlab, ya’ni joriy yilning 6-13 aprel oralig‘ida Jamiyat avtokorxonalari haydovchilari tomonidan 22 marta qoidabuzarlik qayd etildi.
15 martdan 13 aprelgacha bo‘lgan muddatda “1-avtobus saroyi” MChJda 11ta, 2-da 12ta, 3-da 17ta, 4-da 15ta, 5-da 17ta, 7-da 15ta, 8-da 39ta, 12-da 32ta, 18-da 33ta qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, “8-avtobus saroyi” MChJ, 12- va 18-avtosaroylarda qoidabuzarlik juda yuqori bo‘lgan. Jamiyat tarkibidagi korxonalar ichida “1-avtobus saroyi” MChJ haydovchilari nisbatan kamroq qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan.
Aynan keyingi haftalarda, ya’ni 6-13 aprel muddat oralig‘ida qoidabuzarliklar keskin kamaydi. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 4- va 2-avtobus saroyi haydovchilari tomonidan bu davrda xatolikka yo‘l qo‘yilmadi. 3-va 18-avtobus saroylari haydovchilari 3 martadan qoida buzgan bo‘lsa, 8-12-avtosaroy haydovchilari 4 martadan qoidabuzarlik qilgan. Eng ko‘p qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan “5-avtobus saroyi” MChJ haydovchilari bo‘lib, ular sodir etgan xatolar 5 martani tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»