18:54 / 03.05.2017
16 391

“Oltin qalam” Milliy mukofoti g‘oliblari taqdirlandi

“Oltin qalam” Milliy mukofoti g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Oltin qalam” XII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovi e’lon qilingan edi.

Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlangan bu tanlovga 2016 yilning 31 martidan 2017 yilning 31 martigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televidenieda ko‘rsatilgan va internet nashrlarida berilgan materiallar qabul qilindi va saralandi, deb yozmoqda “Qalampir.uz” sayti.

Bugun, 3 may kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” saroyida “Oltin qalam” XII Milliy mukofoti xalqaro tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

G‘oliblar bilan tanishing.

Asosiy mukofotlar

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televidenie)

1-o‘rin - Nilufar Jumaeva, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali.
2-o‘rin - Zilolaxon Rasulova, “Ruxsor-TV” telekanali.
3-o‘rin - Sevara O‘rinboyeva, EOAVMA loyiha rahbari.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio)

1-o‘rin – Kumush Pardaeva, “Yoshlar” radiosi.
2-o‘rin – Hojimurod Otaqulov, “Oriat-Dono” radiosi.
3-o‘rin – Udbegan Yorimbetova, “Nukus-FM” radiosi.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (matbuot)

1-o‘rin – “Qishloq hayoti” gazetasi tahririyati.
2-o‘rin – “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi.
3-o‘rin – “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnali.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (internet)

1-o‘rin - Umid Yoqubov, O‘zA.
2-o‘rin - Rustam Rahimov, “Jahon” AA.
3-o‘rin - Elmurod Ermatov.

Birinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ikkinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Uchinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar uchun nominasiyalar

OAVda kitobxonlik madaniyati targ‘ib qilingan eng yaxshi material uchun - Qodirjon Qayumov, "Sharq ziyosi" gazetasi

Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun - Sheymus Kerni, "Euronews" telekanali.

Eng yaxshi fotoreportaj - Bahrom Abdurahimov, "Vatanparvar" gazetasi.

Eng yaxshi matbuot xizmati - Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Oltin qalam” Milliy mukofoti g‘oliblari taqdirlandi