O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududda olib borilayotgan islohotlar va yangilanishlar bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ishonchli manbalarimizning xabar berishicha, Prezidentning tashrifi 1-2 iyun kunlariga mo‘ljallangan. Alohida qayd etish kerak, Shavkat Mirziyoyev vodiyga prezidentlikka saylanganidan buyon hali bormagan edi.
Andijonda Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Tashrif davomida viloyatdagi fermer xo‘jaliklari, yengil-sanoat korxonalarida bo‘lish, yangi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlarning aksar qismini andijonliklar tashkil qiladi. Qolaversa, u erda yaqinda muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish kuzatildi.
Bundan tashqari, saytimiz orqali Andijon viloyatida ommaviy mehnatga jalb etilayotgan o‘qituvchilar va tibbiyot muassasalari xodimlarining murojaatlari haqida ham maqola bergandik. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”