09:07 / 06.06.2017
7 740

G‘olibsher Ziyaev aloqa sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rahbari bo‘ldi

G‘olibsher Ziyaev aloqa sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rahbari bo‘ldi
G‘olibsher Ziyaev Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatiga tayanib Gazeta.uz xabar qildi.

U shu kunga qadar Radioaloqa, radiouzatish va televidenie markazi Bosh direktori vazifasini bajarib kelgan.

G‘olibsher Ziyaev Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshliqligiga mazkur lavozimda 2013 yil fevralidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Farhod Umarxo‘jaev o‘rniga tayinlandi.

Shuningdek, shu kunga qadar «O‘zbektelekom» AKning «Bosh kommutasiya markazi» direktori vazifasini bajarib kelgan Emir Gaziev Radioaloqa, radiouzatish va televidenie markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » G‘olibsher Ziyaev aloqa sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rahbari bo‘ldi