O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga hamdardlik maktubi yo‘llab, unda Kobul shahridagi dafn marosimi chog‘ida sodir etilgan bir nechta portlashlar oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning nobud bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganini bildirdi, deb yozadi Gazeta.uz sayti.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbari hamdardlik maktubida marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya va hamdardlik izhor etdi. Jarohat olganlarning tez muddatlarda sog‘ayib ketishini tiladi.
3 iyun shanba kuni Kobuldagi qabristonda Afg‘oniston parlamenti yuqori palatasi a’zosi Salim Izadiarning Kobuldagi namoyishlar vaqtida halok bo‘lgan o‘g‘lining dafn marosimi vaqtida bir necha marotaba portlash sodir etildi. Natijada 18 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi