00:33 / 07.06.2017
8 542

Mamarizo Nurmuratov Markaziy Bank rahbari etib tayinlandi

Mamarizo Nurmuratov Markaziy Bank rahbari etib tayinlandi
Samarqand viloyatining sobiq hokimi va sobiq Moliya Vaziri Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki rahbari etib tayinlandi.

Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga muvofiq bugun, 6 iyun sanasida qabul qilindi, deb yozadi Uznews.uz sayti.

Ushbu lavozimda Mamarizo Nurmuratov marhum Fayzulla Mullajonovning o‘rnini egalladi.

2000-2004 yillarda Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston Moliya Vaziri lavozimida, 2004-2006 yillarda esa Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mamarizo Nurmuratov Markaziy Bank rahbari etib tayinlandi