15:30 / 16.06.2017
5 992

Bektemir tumanida giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi

2017 yilning 13 iyun kuni taxminan soat 11:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Bektemir tumanidagi YPX maskanida, «Damas» rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, yo‘lovchi muqaddam sudlangan Krivshich Pyotr Yurevichning yonida og‘irligi 343,53 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan, deb xabar bermoqda «Toshkent shahar IIBB».
Bektemir tumanida giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda qo‘p miqdorda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bektemir tumanida giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi