10:35 / 25.04.2024
93

O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi 59 yoshli U.T. IIOga murojaat qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra onlayn kredit olinib, pullari o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Chiroqchi tumanida yashovchi 24 yoshli I.S. sodir etgani aniqlandi.

Unga ko‘ra, jabrlanuvchi U.T. gumonlanuvchi I.S.dan “TBS bank” ilovasi orqali onlayn mikroqarz olib berishini iltimos qilgan va U.T.ning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, 8 099 000 so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan va unga “Sizga kredit berishmadi” deb aldagan.

Bundan xabar topgan, jabrlanuvchi U.T. I.S. bilan uchrashib, nima sababdan bunday qilganini so‘rab, pullarni qaytarishni so‘raganida I.S. uning nomiga olgan kreditini yopib berishini aytib, bank kartasini olib, U.T.ning nomiga “Asaka bank” mobil ilovasi orqali 20 mln so‘m miqdorida takroran onlayn kredit olib, jami 28 099 000 so‘m pullarni talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan I.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi