16:38 / 09.07.2017
6 677

Tailandda O‘zbekiston fuqarosi qalbaki pullar bilan qo‘lga olindi

Tailandda O‘zbekiston fuqarosi qalbaki pullar bilan qo‘lga olindi
Tailand qirolligining Phuket viloyatida qalbaki dollar banknotlarini Tailand bati va Malayziya ringgitiga ayirboshlashga uringan o‘zbekistonlik polisiya tomonidan hibsga olindi, deya xabar bermoqda Sof.uz nashri.

27 yoshli Boboyev G‘olibjon Obidovich 3 iyul kuni Phuket viloyatidagi Ravay dam olish maskanida joylashgan valyuta ayirboshlash idorasida 1700 dollarni almashtirish uchun topshirgan. Pullarning haqiqiyligidan shubhalangan valyuta ayirboshlash idorasi rahbari esa darrov polisiyani chaqirgan.

O‘zbekistonlik sayyoh voqea joyida qo‘lga olingan. U almashtirmoqchi bo‘lgan kupyuralardan 900 dollari qalbakiligi aniqlangan. G‘olibjon Boboyevni tergov qilgan polisiya uning ko‘rsatmasi to‘g‘riligiga shubha qilmoqda.

Pulni qalbakilashtirishda gumon qilingan o‘zbekistonlik pullarini Bangkokdagi bank filialida naqdlashtirib olganini aytgan. Bank xodimlari unga pulni ayirboshlash uchun naqd Tailand valyutasi yo‘qligini bahona qilib, AQSh dollarini taqdim qilishgan.Uning aytishicha, banknotalar haqiqiy bo‘lib, bankomatdagi pul o‘tkazish jarayonida shikastlangan bo‘lishi mumkin.

Polisiya vakili podpolkovnik Yokin Jankongning aytishicha, O‘zbekiston fuqarosi tergovda ushlab turilibdi. G‘olibjon Boboyev Tailandga sayyoh sifatida borgan bo‘lib, u erda 15 kun qolishni rejalashtirgan. U Tailandga 1 iyul kuni Malayziyadan kelgani aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tailandda O‘zbekiston fuqarosi qalbaki pullar bilan qo‘lga olindi