Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, uy hayvonlarining identifikatsiyasi, ro‘yxatga kiritilishi va olinishi tartibi belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, uy hayvoniga turiga qarab alohida raqam beriladi (birka, marka, jeton, chip), hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lumot maxsus bazaga kiritilib, veterinar pasporti beriladi. Hujjat 2018 yilning 1 yanvarida kuchga kiradi.
Hayvonlar identifikatsiyasi uchun ma’lum bir to‘lov kiritiladi. To‘lovning hajmi va shartlari Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatda belgilanganidek, chorva hayvonlari, jumladan qo‘y, echki va tuyalarning bolalari tug‘ilganidan 14 kun o‘tib ro‘yxatga olinadi, ot va eshak bolasi 4 oylik muddatdan, cho‘chqa bolalari bir oylik muddatdan, kuchuk va mushuklar 3 oyligidan ro‘yxatga kiritiladi.
Hayvonni sotib olish vaqtida (yoki qabul qilish) 7 kun ichida tegishli davlat veterinariya xizmatiga murojaat qilib, jonivorni ro‘yxatga kiritib qo‘yishi kerak.
Hujjatda, nafaqat uy hayvonlarini parvarishlash, balki ko‘cha hayvonlarini tutish va parvarishlash, jonivorlar egalarining huquq va majburiyatlari ham belgilab berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?