2017 yilning 7—16 noyabr kunlari Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi O‘zbekiston rasmiy organlarining iqtisodiyotni yanada isloh qilish bo‘yicha rejalarini muhokama qilish va makroiqtisodiy parametrlarni aniqlashtirish uchun Toshkentda bo‘ldi, deb yozadi UzDaily.
Missiya rasmiy organlar tomonidan makroiqtisodiy barqarorlikning ancha samaraliroq asoslariga o‘tish va iqtisodiyotdagi investitsiyaviy iqlimni yaxshilash bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan strategiyaga muvofiq amalga oshirilayotganini ijobiy baholadi. Missiya ushbu yo‘nalishdagi birinchi muhim qadam valyuta bozorining liberallashtirilgani bo‘lganini ta’kidladi.
Rasmiy organlar ko‘pchilik narxlar liberalizatsiyasini amalga oshirish, davlat korxonalari restrukturizatsiyasini o‘tkazish, shuningdek, xalqaro savdoni rivojlantirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo‘lida qolgan to‘siqlarni bartaraf qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Missiya islohotlar jarayonida keyingi qadamlar investitsiya iqlimini yaxshilashga va aholining zaif qatlamlari himoyasini ta’minlashga qaratilishi kerakligini qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi