Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.S. va 1988 yilda tug‘ilgan U.B.lar aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning Yangiariq tumani filialida ishlagan dastlabki davrida o‘zlarining mehnatkashligi hamda to‘g‘riso‘zligi bilan obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lishgan.
Ammo, ular maqtovlardan havolanib ketishdimi yoki bankda ishlash jarayonida “bol tutgan barmog‘ini yalaydi” deb o‘ylashdimi bilmadik, ushbu ikki hamkasb bank tomonidan rasmiylashtirilgan fuqarolarning plastik kartochkalaridagi mablag‘lardan vaqti-vaqti bilan “ozgina” foydalanib turishni o‘zlariga odam qilib olishdi.
Mazkur bank filialida o‘tkazilgan nazorat tekshiruvi jarayonida “ustamon” hamkasblar 2016 yilning dekabr oyidan boshlab qariyb 10 oy davomida 45 nafar fuqaroga tegishli plastik kartochkalaridan 9,5 million so‘mga yaqin mablag‘ni yashirin ravishda talon-taroj qilib o‘g‘irlaganliklari ma’lum bo‘ldi.
Xorazm viloyati IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi