18:06 / 03.01.2018
10 016

O‘zbekistonda ilk bor "Qur’oni Karim" chop etilmoqda (Foto)

Ўзбекистонда илк бор "Қуръони Карим" чоп этилмоқда (Фото)
Bugun, 3 yanvar kuni fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari asos solgan «Hilol» nashriyoti bosmaxonasida Alloh taoloning Kalomi – Mushafi sharifni chop qilish boshlandi. Bu haqda Azon.uz nashri ma’lum qildi.

«Hilol» nashriyoti O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda ushbu mushafi sharifni Misr Arab Respublikasidagi «Dorus-salom» nashriyotining rasmiy ijozati bilan nashr qilmoqda.

Bugun mushafi sharifning dastlabki sahifalarini chop qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimga shayx hazratlarining eng yaqin safdoshlaridan Zohidjon domla Qodirov, O‘zbekiston musulmonlari idorasidan Abdulhamid Tursunov, O‘zbekiston qorilari musobaqasi bo‘yicha O‘MI qoshidagi hay’at raisi Abdulhakim qori Matqulov, hay’at a’zosi Hasanxon qori Abdulmajid, «Fath» jome’ masjidining imom-xatib Bahodir qori Rahmatulloh va boshqa ko‘pgina aziz mehmonlar hozir bo‘lishdi.

Qur’oni Karim tilovatidan so‘ng bu xayrli ishning bardavom bo‘lishini tilab xayrli duolar qilingach, dastgohlar ishga tushirilib, Mushafi Sharifning dastlabki sahifalari bosildi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ilk bor "Qur’oni Karim" chop etilmoqda (Foto)