Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari bugun Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va respublikaga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan muhokama qilindi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Xususan, savdo cheklovlarini bartaraf etish, fuqarolarning ikki tomonlama safarlari tartibini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun tariflarni pasaytirish, mavjud temir yo‘llarni tiklash, chegara hududidagi minalashtirilgan maydonlarni tozalash, nazorat-o‘tkazish punktlarini ochish va boshqa masalalar muhokama etilgan.
«Davlat rahbari suv va energetika resurslaridan foydalanish borasida davlatlararo munosabatlarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Tojikiston mintaqa mamlakatlari uchun bu jihatdan hech qachon muammo yaratmagan, aksincha suv va atrof-muhit sohasidagi hamkorlikni har doim qo‘llab-quvvatlagan», - deya xabar bergan TR prezidenti matbuot xizmati.
Uchrashuvda shuningdek, mintaqaviy va global tahdidlar, jumladan, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
The Ring: Naoya Inoue P4P reytingi yetakchisiga aylandi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi