16:51 / 11.01.2018
12 268

Avvallari «bunaqasi bo‘lmagan». Xavfsizlik kengashi majlisidan fotosuratlar e’lon qilindi

Avvallari «bunaqasi bo‘lmagan». Xavfsizlik kengashi majlisidan fotosuratlar e’lon qilindi
10 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Prezident matbuot xizmati Kengash majlisidan fotosuratlar e’lon qildi.

Kuzatuvchilarning qayd etishicha, avvallari «bunaqasi bo‘lmagan» (ya’ni Kengash majlislaridan foto yoki videomateriallar berilmagan). Majlisdan qisqacha lavha «Axborot 24» dasturida ham namoyish etilgan.

Prezident raisligida o‘tgan majlisda Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov, mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev hamda boshqa vazirlik va idoralarning rahbarlari qatnashgan. O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini isloh qilish va rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan bu majlisda Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avvallari «bunaqasi bo‘lmagan». Xavfsizlik kengashi majlisidan fotosuratlar e’lon qilindi