07:31 / 31.01.2018
12 619

Go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligiga yagona talablar qabul qilindi

Go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligiga yagona talablar qabul qilindi
“O‘zstandart” agentligi tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, “Go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi” to‘g‘risida Umumiy texnik reglament qabul qilindi.

Ushbu texnik reglament go‘sht hamda go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qadoqlash va tamg‘alash, transportda tashish, sotish hamda yo‘q qilish bo‘yicha yagona xavfsizlik talablari o‘rnatilishini ta’minlaydi.

Texnik reglament kolbasa mahsulotlari, muzlatilgan go‘sht, parranda go‘shti va go‘sht mahsulotlari, go‘sht konservalari va boshqa 140 turdagi go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qamrab oladi.

Ushbu texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n sakkiz oy o‘tgach kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligiga yagona talablar qabul qilindi