15:38 / 23.02.2018
5 663

Endi kommunal qarzlar barcha “propiska” qilinganlardan undiriladi

Энди коммунал қарзлар барча "прописка" қилинганлардан ундирилади
Prezidentimizning 2018 yil 15 fevraldagi “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi.

Mazkur hujjat turarjoy obyekti manzili bo‘yicha propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslarning energiya resurslari (elektr energiyasi va gaz) va ko‘rsatilgan suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun to‘lov bo‘yicha solidar javobgarligini joriy etdi. Mazkur mexanizm 2018 yil 1 martdan e’tiboran amal qilishni boshlaydi, deyiladi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy saytida.

Ma’lumot uchun: Solidar javobgarlik shuni anglatadiki, unga ko‘ra kreditor majburiyatlarning ijro etilishini barcha qarzdorlardan birgalikda yoki ulardan istalganidan, bunda ham to‘liq, ham qarzning bir qismini ijro etilishini talab etishga haqli. Solidar qarzdorlarning biriga nisbatan to‘liq ijroga erishilmagan holda, kreditor to‘liq ijro etilmaganni boshqalardan talab qilishga haqli.

Majburiy ijro byurosi iste’molchilarga yetkazib berilgan energiya resurslari yuzasidan qarzdorlikni iste’molchilar-solidar qarzdorlarning plastik kartalarining bank hisobvaraqlaridan har oyda so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarishga haqli. Hisobdan chiqarishning maksimal summasi bunda EKIHning 2 baravari (sharh e’lon qilingan sanada – 344 480 so‘m) miqdorida tasdiqlangan.

Bundan tashqari, 1.05.2018 yildan boshlab barcha qarzdorlar, shu jumladan yetkazib berilgan energiya resurslari, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari yuzasidan qarzdorlar, shuningdek ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlar umumfoydalanishdagi ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Unga kiritilgan qarzdorlar (jismoniy va yuridik shaxslar) quyidagi huquqlardan mahrum bo‘ladi:

a) yirik bitimlar tuzish (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 83-moddasi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 44-moddasiga qaralsin);

b) ayrim xizmat turlarini olish:
- moliyaviy-kredit xizmatlari;
- xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari;
- davlat xizmatlari.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.02.2018 yilda kuchga kirdi.

Mazkur hujjatning to‘liq matni, sharhlar va u bilan bog‘liq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari” axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi kommunal qarzlar barcha “propiska” qilinganlardan undiriladi