14:30 / 08.03.2018
7 211

O‘zbekistonlik talaba “Vladimir xalqlari go‘zali” tanlovi g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik talaba “Vladimir xalqlari go‘zali” tanlovi g‘olibi bo‘ldi
Rossiyaning Vladimir viloyatidagi yoshlar madaniyat markazida “Vladimir xalqlari go‘zali” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Tanlovda viloyat hududida istiqomat qilayotgan 9 millat qizlari ishtirok etdi. Ular Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Mordoviya, Rossiya, Tojikiston, Tatariston, O‘zbekiston va Checheniston vakillari edi.

Qizlar nafaqat go‘zalliklari, milliy liboslari, balki xalqlari madaniyati va an’analarini bilishini ham namoyish etdi.

Hay’at a’zolari O‘zbekiston vakili Maftuna Davronovani tanlov g‘olibi deb topdi. 20 yoshli Maftuna Vladimir davlat universitetida xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik talaba “Vladimir xalqlari go‘zali” tanlovi g‘olibi bo‘ldi