Dushanbe shahrining “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tdi. Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Imomali Rahmon ishtirok etdi.
O‘zbekiston rahbari o‘z nutqida xalqlarimiz do‘stligining shonli an’analari bugun suv va havodek zarurligi, ushbu bebaho merosni asrab-avaylash va rivojlantirish kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burchimiz ekanini ta’kidladi.
«Mening fikrimcha, bu tashrif haqiqatdan ham tarixiy bo‘ldi. Bugungi muzokaralarimiz yakunlaridan ko‘nglim juda to‘ldi. Uzoq tanaffusdan so‘ng o‘zaro munosabatlarimizda yangi sahifa ochilmoqda. Mavlono Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning bir-biriga bo‘lgan munosabati – bu bizning samimiy tariximizdan misol. Men Samarqand viloyati hokimi bo‘lib ishlaganimda buni tiklashni xohlardim, biroq o‘shanda bunga imkoniyatlar juda kam edi.
Men bugun ochiq chegaralar, ochiq yurak bilan buyuk shoirlarimizni tarannum etish uchun keldim. Birodarim Imomali Rahmonga rasmiy darvozalarni sovg‘a qildim, bilasizmi, men bunga samimiy tayyorgarlik ko‘rdim – ikki bayroq, ikki darvoza. Biroq, darvozalar ochiq, ular hech qachon yopilmasligini istayman. Bu tarixiy kunlar – 9-10 mart – bizning yangi munosabatlarimiz tug‘ilgan kuni bo‘ladi. O‘zbekiston taqdiri – bu Tojikiston taqdiri, Tojik xalqining kelajagi – bu o‘zbek xalqining ham kelajagi», - deya aytib o‘tdi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi