Odatda imkoniyati yetadigan, yig‘ib-terganini to‘y bahona sarflaydigan yurtdoshlarimizga qarab, “Puli borda bemalol ishlatadi”, deb qo‘yamiz. Ammo topgan-tutganimizni behuda sarflash allaqachon jonimizga tekkan. Faqat buni o‘z hayoti misolida o‘rnak qilib ko‘rsatayotganlar yetishmayotgan edi, xolos.
Navoiy viloyatidan tadbirkor Nuriddin Habibov to‘rtta to‘yxona ishlarini yuritadi. Daromadi ham o‘ziga yarasha. Ammo u kamtarona to‘yni ma’qul ko‘rdi, deb xabar berdi «O‘zA». O‘g‘li Amriddin Razzoqovning nikoh to‘yiga bir yuz yigirma mehmonni taklif qildi. Qiziltepa tumanidagi “XXI asr” nomli to‘yxonada ixcham va fayzli o‘tgan to‘y Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kutgan to‘ylarning biri bo‘ldi.
Tadbirkor yurtdoshimiz to‘ydan oldin ushbu tumandagi maktab internati jamoasiga Navro‘z saylini o‘tkazishda homiylik ko‘rsatgan edi. Bayram tadbiri davomida o‘quvchilarga o‘quv qurollari, bayram sovg‘alari ham ulashilgan.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolari o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan kelin-kuyovlarga yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishi uchun sertifikat va kitoblar jamlanmasini taqdim etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?