Foto: «Minor.uz»
Toshkent shahar va «Minor» masjidi bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirdi, deb xabar berdi «Xabar.uz».
Anvar qori Tursunov operatsiya qilingan va hozirda ahvoli ancha yaxshi. U bugungi juma namozida ishtirok eta olmaydi, keyingi haftadan boshlab faoliyatini davom ettirishi kutilyapti.
Ma’lumot uchun, Anvar qori Tursunov 1958 yil 21 noyabrda Toshkent shahri Hamza tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1966—1976 yillarda Hamza tumanidagi 198-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan.
1981 yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent islom institutini tamomlagan.
Anvar qori Tursunov mehnat faoliyatini 1981—1984 yillarda «Yoshlik» jurnalida muharrir vazifasidan boshlagan. So‘ngra O‘zbekiston fanlar akademiyasi ilmiy xodimi, Abdulla Qahhor uy muzeyi ilmiy xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharrir kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
U diniy sohadagi faoliyatini 1994—1999 yillarda Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi «Yangiobod» jome masjidi imom-xatibi sifatida boshlagan. 1999 yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda «Xo‘ja Ahror Valiy» jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan. 2015 yildan «Minor» jome masjidi bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi