Foto: Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan 2 may kuni soat 14:00 da Ikkinchi jahon urushi yillaridagi harbiy texnikalarda o‘sha yillarning harbiy kiyimini kiygan harbiy orkestr ijodkorlarining Toshkent ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, belgilangan joylarda konsert dasturlarini uyushtirish aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aksiya va konsert dasturi quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:
soat 14:00 da Do‘mbirobod dahasidagi Mustang AYoQSh oldida harakat boshlanishi (mo‘ljal — Janubiy vokzal tomonidan kelishda «Olmazor» metro bekatidan oldingi chorraha);
soat 14:30 da Usmon Nosir ko‘chasidagi Shota Rustaveli haykali oldidagi maydonchada to‘xtaydi (mo‘ljal — «Bobur» parki ro‘parasi);
soat 15:40 da Temuriylar tarixi davlat muzeyi oldidagi maydonchada to‘xtaydi;
soat 16:30 da O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi binosi oldidagi maydonchada to‘xtaydi;
soat 18:00 da Yunusobod bozori ro‘parasidagi avtobuslar bekati oldidagi maydonchada to‘xtaydi.
Foto: Mudofaa vazirligi
Avtokolonna Do‘mbirobod dahasidan Janubiy vokzal orqali Usmon Nosir va Amir Temur ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Yunusobod tumanidagi Megaplanet gipermarketi oldidan burilib qaytadi. Marshrut uzunligi 20 kilometrga yaqin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi