"O‘zbekiston 24" telekanali poraxo‘rlik bilan shug‘ullanib kelgan qator ta’lim sohasi vakillari qo‘lga olinganligi haqida ko‘rsatuv namoyish etdi.
Dasturda maktablar va kollejlardagi poraxo‘rlik holatlari haqida gapirib o‘tilgach, oliy ta’lim dargohlarida o‘qishga kiritib qo‘yish va’dasini bergan firibgarlar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqaro To‘laganova va Toshpo‘latovalar Toshkent pediatriya instituti rektori yordamchisi lavozimida ishlovchi Umid ismli tanishi orqali mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yamiz deb, Mirzaabdullayevadan naqd 15 ming AQSh dollarini sanab olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
O‘zbekistonda pedagoglarni yetishtirib beruvchi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida ham xuddi shunday holat ro‘y bergan.
Ushbu oliygohning laboranti Boboyev Nurullayevni mazkur universitetning jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga olib kirishni va’da qilib, undan 8 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Xuddi shu universitetning yana bir xodimi — dotsent Axmadaliyev ham fuqaro Salimovadan xohlagan fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berish evaziga 4 ming AQSh dollari so‘ragan va pulning teng yarmini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mamlakatdagi ta’lim dargohlaridagi poraxo‘rlik holatlari haqida bundan oldin ham ko‘p marotaba yoritilgan, ammo shu kechayu-kunduzdagi kabi tezkor reydlar yoppasiga va bu qadar ochiq oshkor etilmagan edi.
Ushbu reydlarni O‘zbekistondagi ta’lim tizimini "oyoqqa qo‘yish" bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning hali boshlanishi, deb qabul qilsa bo‘ladi.
Oliy ta’lim vazirligi mutasaddilari shu kunlarda oliygohlar qoshida tashkil qilingan qabul komissiyalarida navbatda turgan abituriyentlardan "hujjatni qabul qilish jarayonini tezlashtirish" evaziga "30" yoki "50" ming so‘m olish bilan shug‘ullanayotgan "nopok xodimlar"ga ham tegishli choralarni qo‘llaydilar, degan umiddamiz. Zero, ta’lim dargohiga qadam qo‘ygan abituriyent ta’lim dargohi haqidagi ilk taassurotini "pora" berishdan boshlamasligi lozim.
Manba: sof.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi