Toshkent Davlat soliq boshqarmasi, shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari vakillarining iqtisodiy jinoyatlar hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida poytaxtimizning bir necha tungi klublarida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Jumladan, dastlab Uchtepa tumanidagi 24-mavzesi hududida joylashgan tungi klub ko‘zdan kechirilganda, ba’zi yoshlarning alkogol mahsulotlarini iste’mol qilib, chilim chekib o‘tirganliklariga guvoh bo‘lishgan.
Afsuski ular orasida voyaga yetmaganlar ham bo‘lgan va ularga spirtli ichimliklar bamaylixotir sotilmoqda.
Tunda o‘z oilasi bag‘rida bo‘lish o‘rniga ayrim behayo kiyingan va shunga yarasha hatti-harakat qilayotgan o‘zbek ayollarini ko‘rib nima deyish mumkin?!
“Yoshlar” telekanali ijodiy guruhi Milliy gvardiya tomonidan himoyalanganiga qaramay, mast holdagi bir guruh bezorilar tasvirchilarga va kameraga shikast yetkazgan.
Shuningdek, Yunusobod tumani Ahmad Donish va Yangishahar ko‘chalari kesishmasida joylashgan tungi klubda ham shunday holat kuzatilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan videolavhani ushbu HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"