Chilonzorda 22,6 ming AQSH dollarini noqonuniy sotishga uringan shaxslar qoʻlga olindi

  • 08 sentyabr 2018, 17:50
  • 2 226
  • Jamiyat
  • Chilonzorda 22,6 ming AQSH dollarini noqonuniy sotishga uringan shaxslar qoʻlga olindi
    Valyutani nazorat qiluvchi organlardan biri sifatida Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan ham Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarining noqonuniy ravishda amalga oshirilishining oldini olish borasida muntazam chora-tadbirlar olib borilmoqda.

    Jumladan, yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan chet el valyutasi savdosi bilan noqonuniy ravishda shugʻullanib kelayotgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Kun.uzʻga Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

    Foto: Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati
    Poytaxtning Chilonzor tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 2 nafar fuqaro “Lasetti” avtomashinasi ichida 22 ming 600 AQSH dollarini 7950 soʻmdan hisoblab jami 179 mln 600 ming soʻmga sotishayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qoʻlga olindi.

    Tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida olingan 22 ming 600 AQSH dollari mazkur holatga qonuniy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi hamda holat yuzasidan bayonnoma va boshqa protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

    Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish jismoniy shaxslar tomonidan vakolatli banklar, ularning filiallari va ayirboshlash shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Chilonzorda 22,6 ming AQSH dollarini noqonuniy sotishga uringan shaxslar qoʻlga olindi