4 081
O‘zbekiston OTMlarini xalqaro reytingga kiritish bo‘yicha reyting agentliklari bilan hamkorlik kuchaytiriladi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Ilm-fan – 2020” hamkorlik dasturi doirasida shu yilning 22 noyabr kuni QS (Quacquarelli symonds) kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Zoya Zayseva va Times Higher Education agentligining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Yegor Yablokov boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga tashrifi tashkil etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda QS va Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi universitetlar reyting agentliklari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari, xususan, mahalliy oliy ta’lim muassasalarining xalqaro miqyosida mavqeini oshirish, yurtimiz olimlarining ilmiy salohiyatini dunyo miqyosida e’tirof etilishini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov kuchli universitetlar reytingiga kirish xalqaro ta’lim bozorida raqobatbardoshlikni oshirish uchun imkoniyat ekanini ta’kidlar ekan, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining QS va Times Higher Education kabi yetakchi reyting agentliklari tomonidan tuziladigan dunyoning kuchli universitetlari qatoriga kirmaguncha sa’y-harakatlar bir zumga bo‘lsa-da to‘xtatilmacligini qayd etdi.
Uchrashuvda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarini xalqaro reytingga kiritish strategiyasidagi muhim jihatlar muhokama qilinib, bu boradagi xalqaro reyting agentliklari metodologiyasi ko‘rib chiqildi. Jumladan, mahalliy olimlarning xalqaro ilmiy jurnallarda ishtirokini oshirish va Scopus ma’lumotlar bazasida ulardan iqtibos keltirishlarni ko‘paytirishga e’tibor qaratish kerakligi, chunki bu reytingni shakllantiruvchi asosiy ilmiy ma’lumotlar ekani qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”