20:12 / 10.01.2019
3 769

Madaniyat vaziri: Sirkka tayinlangan direktorlar bir yilga bormasdan qamalib ketyapti

Madaniyat vaziri: Sirkka tayinlangan direktorlar bir yilga bormasdan qamalib ketyapti
«O‘zbek davlat sirki» davlat muassisiga direktor etib tayinlangan shaxslar​ bir yil ham faoliyat yuritmay qamalib ketyapti, deydi vaziyatga achinib O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev. U davlat sirkining ahvoli hozirda juda achinarli ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Avval, Toshkent shahar IIBB tomonidan Toshkent davlat sirki sobiq bosh direktori lavozimida ishlagan Bahrom Majidov qidiruvga e’lon qilingani haqida xabar tarqagandi.

«​Buni ochiq tan olaman. Bu masala yuzasidan Bosh vazirdan tanbeh ham eshitdik. 1976 yilda bunyod etilgan sirk haligacha biron marta kapital ta’mir qilinmagan. Texnik baza ham haligacha o‘sha. Vaholanki, texnologiyalar necha marotaba almashdi. Sirkka tayinlangan direktorlar bir yilga bormasdan qamalib ketyapti. Hayvonlarning tili yo‘q-da, shikoyat qilolmaydi», – deydi u.

Ta’kidlanishicha, sirkda yildan-yilga daromad tushib ketyapti. Shunga qaramay, 2019-2021 yillarda 5 ta ko‘chma sirk tashkil etishga qaror qilingan.
Vazirga ko‘ra, 2019 yilda «O‘zbek davlat sirki» davlat muassisida o‘tkazilajak kapital ta’mir tufayli yopiladi.

Ma’lumot uchun, sirk faoliyatidagi kamchiliklar e’lon qilinib, uning boshqaruv tizimi yillar davomida qoniqarsiz tashkil etilganligi, shuningdek dasturlar va tomoshalarning badiiy saviyasi keskin pasayib ketganligi natijasida oxirgi 20 yilda tomoshalar soni 1 052 tadan hozirgi kundagi 200-250tagacha kamaygani bildirilgandi.

Sirkning ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi miqdorlari pastligi, shuningdek ish natijadorligiga nisbatan moddiy rag‘batlantirish tizimi yo‘qligi sababli kadrlar qo‘nimsizligi va mutaxassislarning yetishmasligi yuqori darajada, shuningdek, keyingi yillarda malakali tor soha mutaxassislarning xorijiy davlatlar sirklarida ishlash uchun jo‘nab ketish holatlari tez-tez​ uchraydi.

Sirk hayvonlarini saqlashning antisanitariya ahvoldaligi va tomoshalarga tayyorlash darajasi pastligi, ularning sog‘lig‘iga va ko‘paytirish imkoniyatiga salbiy ta’sir qilmoqda​.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Madaniyat vaziri: Sirkka tayinlangan direktorlar bir yilga bormasdan qamalib ketyapti