19:00 / 14.01.2019
3 759

Uchtepadagi xonadonda yong‘in: bir kishining jasadi topildi, yana bir inson kasalxonada

Uchtepadagi xonadonda yong‘in: bir kishining jasadi topildi, yana bir inson kasalxonada
2019 yil 14 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashagan Ye.P. (ayol)ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda uyning 4 kv.m maydonida divani yonib, zarar ko‘rgan.

Shu bilan birga, Ye.P.ning kuygan holdagi jasadi topilgan va uning uyida mehmonda bo‘lgan qo‘shnisi N.R. (ayol) tutundan zaharlanib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Aniqlanishicha yong‘in Ye.P. mast holda sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepadagi xonadonda yong‘in: bir kishining jasadi topildi, yana bir inson kasalxonada