Buxoro shahar hokimligi bo‘limi boshlig‘i B.Q. fuqaro B.M. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro S.R.dan Buxoro shahar hokimligi tasarrufidagi kam ta’minlangan oilalar yotoqxonasidan ikki xonali uy ajratib berish uchun pora olayotganda ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda hokimlik mutasaddisi talab qilgan 1200 dollarning 500 dollarini olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan B.Q. va B.M.larga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi
“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Chadning amaldagi prezidenti saylovda yana g‘alaba qozondi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik"
Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!