16:18 / 22.02.2019
6 501

Toshkentda 3 yoshli qizchani o‘g‘irlab ketgan yigitga jazo tayinlandi (video)

Toshkentda 3 yoshli qizchani o‘g‘irlab ketgan yigitga jazo tayinlandi (video)
Toshkentda Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida 3 yoshli qizaloqni qasddan o‘g‘irlab ketgan yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda "Zamon" informatsion dasturida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Muzaffar ismli yigit turmushidan ajrashgan Shahina ismli farzandi bor ayol bilan tanishadi. Ayol uylanmagan yigitni sha’riy nikohdan o‘tishga ko‘ndiradi. Lekin o‘zi eski odatini tark qilmay, dugonasi bilan ko‘ngilochar joylarda, tungi klublarda yurishda davom etadi.
Xotinining xiyonatlaridan xabar topgan Muzaffar uni uyga qaytishga undaydi, ammo u rozi bo‘lmaydi. Shunda Muzaffar Shahinaning dugonasining 3 yoshli farzandini o‘g‘irlaydi va noma’lum joyga yashirinadi.
Bu orqali yigit bosim o‘tkazib, xotinini uyga qaytarishni o‘ylaydi.
IIV xodimlari o‘tkazgan tadbir natijasida aybdor qo‘lga olingan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qizcha esa oilasiga sog‘-omon qaytarilgan.
Sudda ayblanuvchiga nisbatan bir qancha yengillashtiruvchi holatlar inobatga olinib, 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Mazkur holat yuzasidan "Zamon" informatsion dasturida ko‘rsatilgan videolavhani quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: VIDEO

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 3 yoshli qizchani o‘g‘irlab ketgan yigitga jazo tayinlandi (video)