13:41 / 04.03.2019
7 023

Hisob palatasi raisi Muzraf Ikromov lavozimdan olindi

Hisob palatasi raisi Muzraf Ikromov lavozimdan olindi
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi Muzraf Muborakxoʻjayevich Ikromov lavozimini tark etdi.
Kun.uz nashri tasdiqlashicha, sobiq Adliya vaziri endi Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan. U bu lavozimda Salohiddin Samadovich Nuriyev oʻrnida ish boshlaydi.

Muzraf Ikromov 1973 yili 14 sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy, mutaxassisligi — huquqshunos.

U 1990—1995-yillarda Toshkent davlat yuridik institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1995 yili Adliya vazirligi iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmaning bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2007 yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. 2008—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi huquqiy ekspertiza boʻlimi mudiri boʻlib ishlagan.

2012—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmatining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish boʻyicha shoʻba mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

2015 yilning fevralidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri boʻlgan, 2017 yilning avgustida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimida ish boshlagan. Hozircha uning oʻrniga Hisob palatasi raisligiga kim tayinlangani maʼlum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hisob palatasi raisi Muzraf Ikromov lavozimdan olindi