5 330
“Navbahor” - “Qoʻqon-1912” oʻyinidan qaytayotgan namanganlik muxlislar avtohalokatga uchradi
10 mart kuni Superliga 1-turi doirasida “Navbahor” va “Qoʻqon-1912” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv Toshkentda oʻtkazildi. 1:1 hisobida yakunlangan ushbu oʻyindan soʻng fojiali holat sodir boʻldi.
Tribuna.uz xabariga koʻra, “Navbahor”ning 5 nafar muxlisi boʻlgan “Neksiya” avtomashinasi Toʻraqoʻrgʻonda qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan “Damas” avtomashinasi bilan toʻqnashgan.
Kun.uz maʼlumotiga koʻra, ikki avtomashina toʻqnashuvi oqibatida jami 4 kishi halok boʻlgan, 5 kishi shifoxonaga joylashtirilgan.
Ayni vaqtda jabrlanganlarning ahvoli haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Hozircha IIV bu hodisa haqida rasmiy maʼlumot bermadi.
Qayd etish kerakki, “Navbahor” - “Qoʻqon-1912” oʻyini Namangandagi stadion mavsumga tayyor boʻlmagani sabab Toshkentda oʻtkazilgandi. Avvalroq bu oʻyinni Fargʻonadagi “Istiqlol” stadionida oʻtkazish taklifi ham paydo boʻlgan, lekin oʻyin Toshkentda oʻtkazilishiga kelishilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi