3 533
Oliy sud raisi: «Sudyalarning xonasida yurishga joy yo‘q, hammayoq eski ishlarga to‘lib ketgan»
Foto: «supcourt.ru»
Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalari bosh muharrirlarining Oliy sud raisi Kozimjon Komilov bilan ochiq muloqoti tashkil etildi. Muloqotda OAVlarda sud ishlarining yoritilishi, jurnalistlarning aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilishi va boshqa masalalarda mulohazalar yuritildi.
Kozimjon Komilov Oliy sud faoliyati haqida ma’lumot berarkan, jinoiy ishlar bo‘yicha og‘riqli masalalarga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu yo‘nalishda tubdan o‘zgarishlarga qo‘l urilganini alohida qayd etdi.
— Ming afsuslar bo‘lsinkim, eski jinoiy ishlarning aksarida na dalillar, na chuqur o‘rganish holatlari bor. O‘tib ketavergan ish. Yashirmayman, xohlasangiz ko‘rsatishim ham mumkin. Hozir sudyalarning xonalarida yurishga joy yo‘q, xonalar eski ishlarga to‘lib ketgan. Fuqarolardan ba’zi kunlarda 500tagacha ariza kelyapti. Eski ishlarning qayta ko‘rib chiqilishi natijasida 2017 yili 262 nafar, 2018 yilda 867 nafar shaxs oqlandi, — dedi Oliy sud raisi Kozimjon Komilov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy sud matbuot xizmati to‘rt yil ichida (2012-2016 yillarda) mamlakatimizda bor-yo‘g‘i 7 nafar shaxs oqlangani haqida xabar bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi