5 959
Surxondaryoda hojatxonaga tashlab ketilgan chaqaloqning ahvoli haqida Vazirlik ma’lumot berdi
Internetda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozor hojatxonasiga tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq topib olingani haqidagi video tarqaldi.
Unda shifokorlar, IIB xodimlari va boshqalar chaqaloqni jonlantirishga urinayotgani tasvirlangandi.
Chaqaloqning onasi tasviri bozordagi kuzatuv kameralariga tushib qolgan va ayni vaqtda u qidiruvga berilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati chaqaloqning hayoti saqlab qolingani va uning ayni vaqtdagi holati haqida ma’lumot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloq 2 iyul kuni Denov tumanidagi «Lolazor» buyum bozori hududidagi hojatxonadan topilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari va tez tibbiy yordam shifokorlari chaqaloqqa voqea joyida birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatishgan. Chaqaloq 2-sonli viloyat perinatal markaziga og‘ir ahvolda olib kelingan va uning hayoti saqlab qolingan.
«Shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy muolajalardan keyin chaqaloqning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib turibdi. Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan sun’iy oziqlantirilmoqda. Chaqaloq jinsi - qiz bola, og‘irligi - 3500 gramm, bo‘yi - 50 santimetr.
Hozirda chaqaloq ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olingan. Shifokorlar chaqaloq hayoti uchun kurashmoqda», deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Furqat Sanayev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi