10:03 / 09.07.2019
2 834

Oliy sud: «zamonaviy reket...» maqolasidagi da’vo rad etildi, sudyaga chora ko‘rilishi mumkin

Oliy sud: «zamonaviy reket...» maqolasidagi da’vo rad etildi, sudyaga chora ko‘rilishi mumkin
Kun.uz nashrida e’lon qilingan “Zamonaviy “reket”ning sud qaroridagi aksi: “Bergan 150 ming so‘ming ustiga yana 10 million so‘m to‘laysan!” sarlavhali maqola yuzasidan Oliy sudning rasmiy munosabati bildirilib, unda mazkur nizo bo‘yicha sudning qarori, xizmat tekshiruvi natijalari hamda boshqa tafsilotlar haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi aytilgan edi.

Oliy sud Matbuot xizmati boshlig‘i v.b. Olimjon O‘sarov ma’lum qilishicha, 8 iyul kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda da’vogar S.Raxmonovning javobgar X.Meliboyevga nisbatan qarz summasini foizlari bilan undirish haqidagi da’vo arizasi ko‘rib chiqilgan va muqaddam javobgar tomonidan moddiy zarar to‘liq qoplanganligi aniqlanib, da’vogarning 10.000.000 so‘m qarz summasini foizlari bilan undirish hamda 2.030.000 so‘m davlat bojini undirish haqidagi da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan.

Foto: Oliy sud Matbuot xizmati boshlig‘i v.b. Olimjon O‘sarov
Xabar qilinganidek, mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ishni birinchi instansiyada ko‘rish chog‘ida moddiy va protsessual qonun normalarining buzilishi holatiga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

Xizmat tekshiruvi xulosasi sudyaga nisbatan intizomiy ta’sir chorasi ko‘rish haqida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga, sud xodimiga nisbatan intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash masalasini hal etish uchun Qo‘qon tumanlararo sudi raisiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy sud: «zamonaviy reket...» maqolasidagi da’vo rad etildi, sudyaga chora ko‘rilishi mumkin