17:17 / 19.07.2019
3 245

Yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi

Yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun 3 180 ta uy-joylar qurilmoqda.

Belgilab qo‘yilishicha, 2019 yilda 2 116 ta uy-joylar uchun:

yosh oilalarga boshlang‘ich badalining 65 foizgacha bo‘lgan qismini 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi stavkada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan ssuda tariqasida ajratiladi;

ipoteka krediti bo‘yicha birinchi besh yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan foizlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 25 foizi miqdorida to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

yosh oilalar uchun qurilishi tugallangan 1 064 ta uy-joylar qiymatining dastlabki badal mablag‘lari uchun talab etilayotgan 60 mlrd.so‘m mablag‘ni 2019 yil 2-chorak yakuni bo‘yicha bojxona to‘lovlarining prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan;

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining asoslangan hisob-kitobiga muvofiq 2 116 ta uy-joylar uchun yosh oilalarga boshlang‘ich badalining 65 foizgacha bo‘lgan qismini 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiz miqdoridagi stavkada ssuda tariqasida ajratish uchun talab etiladigan mablag‘ni 2019 yilning 3-chorak yakuni bo‘yicha respublika byudjetining prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga ajratishni ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi