Seminarga bormagan fermerni IIB xodimlari «yo‘qlab» kelishdi (video)

  • 20 iyul 2019, 06:32
  • 1 664
  • Jamiyat
  • Seminarga bormagan fermerni IIB xodimlari «yo‘qlab» kelishdi (video)
    Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani MMTP hududidagi fermer xo‘jaligi rahbari hokimlik tomonidan o‘tkazilgan seminarga bormagani uchun uning uyiga bir guruh ichki ishlar xodimlari «yo‘qlab» kelishdi. Bu haqda «Facebook»dagi «Xalq bilan muloqot» guruhiga shu haqdagi video va fermerlarning murojaati nusxasi joylandi.

    Murojaatda Kasbi tuman IIB tomonidan (shu yilning 14 iyul kuni) kun jaziramasida, ayni tushlik vaqtida dalada fermerliklar xodimlari uchun seminar tashkil qilinib, ish yurituvchilarga paxta dalasida majburan mahalliy o‘g‘it tashitilgani aytiladi. Shuningdek, fermerlarning haqorat qilingani va ayrimlariga zo‘rlik ishlatilganidan shikoyat qilingan.

    Videoda esa bir guruh IIB xodimlari seminarga bormagan fermerning uyiga kelib, uni so‘roq qilayotganini ko‘rish mumkin.

    — Men nima gunoh qildim? — deb so‘raydi fermer.
    — Nega seminarga bormadingiz?

    — Qanday bormadim, mening odamim borib keldi. Men dalada ish qilayotgandim, — deb javob bergan fermer. — Bu nima ahvol? Butun organni odamlarini yig‘ib kelibsiz, tepamga kelib, nima, meni davleniya qilib o‘ldirmoqchimisiz? Men ham davlatning ishini qilib, endi javobam beraymi?..

    — Hokimning topshirig‘i, nega bormadingiz?
    — Vakilim bordiku, men dalada «kapalak» qilayotgandim...

    — Seminarga borib kelib qilsangiz bo‘lardiku?
    — Uni ertalab salqinga qilinadi.

    — Borib ruxsat olib kelish kerak edi.
    — Kimdan so‘rayman?

    — «Nachalnik melisa»dan.
    — Har kuni men dalada ishlaymanku, qanaqa «nachalnik melisa», organda ishlamaymanku.

    — Topshiriq...
    — Kimni topshirig‘i bo‘lsayam shu davlat uchun ishlayapmanku, — deydi fermer.

    Videoda, shuningdek, IIB xodimi fermerdan shartnomalarni so‘raydi, fermer esa uni hozir taqdim eta olmasligini, idoraga olib borishsa yoki sudga berishsa, shunda taqdim etishi mumkinligini aytadi.

    » » Seminarga bormagan fermerni IIB xodimlari «yo‘qlab» kelishdi (video)