23:12 / 27.07.2019
3 113

Urganch shahri hokimi va prokuroriga hayfsan berildi

Urganch shahri hokimi va prokuroriga hayfsan berildi
Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida snos masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Urganch shahri hokimi Shuhrat Abdullayev va shahar prokurori Davlatovga yo‘l qo‘ygan xatolari uchun hayfsan e’lon qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

26 iyul kuni Urganch shahri Ashxobod mahallasidan Chondirqiyot qishlog‘i hududiga ko‘chirib yuborilgan va dalada palatka va kapa qurib yashayotgan, ammo 1-2 oydan beri kompensatsiya pulini ololmayotgan aholi vakillari Urganch-Xonqa yo‘lini to‘sib qo‘yishgan, viloyat hokimi Farhod Ermanov voqea joyiga yetib kelib, aholi bilan muzokara o‘tkazgan va 10 avgustgacha kompensatsiya pullari to‘liq to‘lanishini va’da qilgandi.

Bugun, 27 iyul kuni bosh vazir Abdulla Aripov prezident topshirig‘i bilan Urganchga yetib bordi va aholi bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi.

Milliy Bankning Urganch bo‘limi xodimlari tomonidan kompensatsiya pullari tarqatila boshlandi. Rejaga ko‘ra, shu bugunning o‘zida 207ta xonadon egasiga kelishuv shartnomasida ko‘rsatilgan kompensatsiya pulining 50 foizi miqdorida, jami 21 milliard so‘m taqsimlab beriladi.

10 avgustgacha esa barcha xonadon egalari bilan 100 foiz hisob-kitob qilinishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, muqaddam Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan Shuhrat Abdullayev 2018 yilning dekabrida prezidentning viloyatga tashrifi vaqtida Urganch shahriga hokim etib tayinlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganch shahri hokimi va prokuroriga hayfsan berildi