Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining birinchi kuni (29 iyul)da ishtirok etgan abituriyentlarning natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 66 ta katta sig‘imli binoda test sinovlari ikki smenada “Matematika”, “Fizika” va “Ona tili va adabiyoti” fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.
Test sinovlarida ikki smenada jami 71 ming 340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan, 68 ming 736 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.
Test sinovlariga 2 538 nafar abituriyent kelmadi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 53 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi. Test sinovlarida 2 576 nafar guruh nazoratchilari ishtirok etdi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball:
a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
O‘zbekiston milliy universitetining 5130100 – Matematika ta’lim yo‘nalishi – 172,6 ball;
b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:
Andijon davlat universitetining 5110700-Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi – 142,1 ball;
v) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:
Samarqand davlat universitetining 5130100 – Matematika ta’lim yo‘nalishi
– 127,2 ball. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi